EMMM yangiliklari

Qonunni bilmaslik jazodan ozod qilmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 801-sonli Qaroriga binoan Farg‘ona viloyati hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotish, o‘rnatish, xorijdan olib kirish hamda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi rejasini bajarish maqsadida 2023-yil 5-yanvar kuni Farg‘ona viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmati Boshqarmasi, Farg‘ona hamda Marg‘ilon shahar IIB, O‘zkomnazorat Farg‘ona viloyati hududiy inspeksiyasi va Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida quyidagilar aniqlandi:


Farg‘ona shahar Qirguli shaharchasida joylashgan “NEYRO STAR MED” klinika egasi fuqaro U. K. Ismoilov noqonuniy ravishda “BAOFENG” rusumli ratsiyalardan foydalanganda aniqlangan.

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Parhez Milliy Taomlari” kafesida fuqaro M. A. Nazarova tomonidan noqonuniy ravishda “BAOFENG” rusumli ratsiyalardan foydalanganda aniqlangan.

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “GALAXY” savdo do‘konida fuqaro M. I. Maxmudov tomonidan noqonuniy ravishda “BAOFENG” rusumli ratsiyalardan foydalanganda aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan barcha radioelektron vositalari vaqtincha olib qo‘yildi va qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda tegishli jazolar qo‘llanilishi uchun fuqarolar: U. K. Ismoilov, M. A.Nazarova hamda M. I. Maxmudovlarning hujjatlar to‘plami EMMX muhandislari tomonidan O‘zkomnazorat Farg‘ona viloyati hududiy inspeksiyasiga yuborildi.

 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Sadixanov Sh.I.


 

Faylni tanlang