EMMM yangiliklari

Noqonuniy ishlayotgan radioelektron vositalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 30-iyul kuni “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi, Urganch tumani IIB va Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Xorazm viloyati hududida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2026-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Urganch tuman Killavut mahallasi hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida Urganch tumani Killavut mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish shaxobchasida tegishli ruxsatnomalarsiz foydalanib kelinayotgan jami 9 dona radioelektron vosita aniqlanib, texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etildi.

photo2026-08-0416-07-05.jpg

Mazkur radioelektron vositalar bo‘yicha Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari tomonidan texnik ekspertiza o‘tkazilib, uning natijalari asosida tegishli xulosalar tayyorlandi. Ushbu hujjatlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ma’muriy choralar ko‘rilishi uchun belgilangan tartibda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘limiga yuborildi.

 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang