"EMMM" DUK yangiliklari

Noqonuniy ishlayotgan radioelektron vositalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 20-sentabr kuni O‘zkomnazorat inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy sho‘basi, Urganch shahar IIB va Xorazm viloyati EMMX xodimlari tomonidan “REV va YuChQlarni Xorazm viloyati hududida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2024-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Urganch shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir jarayonida Urganch shahri hududida joylashgan Amir Temur istirohat bog‘ida tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgan jami 8 dona radioelektron vositalar aniqlandi.

Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan Urganch shahar IIB xodimlari tomonidan REVlar vaqtincha olib qo‘yildi va qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun hujjatlar “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy sho‘basiga yuborildi.

 

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi H.Matyusupov

Faylni tanlang