EMMM yangiliklari

Noqonuniy ishlayotgan radioelektron vositalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 4-sentabr kuni “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi, Xonqa tumani IIB va Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Xorazm viloyati hududida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2026-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Xonqa tuman Moshto‘g‘ay mahallasi hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida Xonqa tumani Moshto‘g‘ay mahallasi Sahiylar ko‘chasida yashovchi fuqaro tomonidan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasidan noqonuy foydalanilayotganligi aniqlanib, texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etildi.

photo2026-09-1010-24-41.jpg

photo2026-09-1010-24-47.jpg

Mazkur radioelektron vositalar bo‘yicha Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari tomonidan texnik ekspertiza o‘tkazilib, uning natijalari asosida tegishli xulosalar tayyorlandi. Ushbu hujjatlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ma’muriy choralar ko‘rilishi uchun belgilangan tartibda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘limiga yuborildi.

 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang