Joriy yilning 18-iyun kuni “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy sho‘basi, Urganch shahar IIB va Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan “REV va YuChQlarni Xorazm viloyati hududida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2025-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Urganch shahar markaziy dehqon bozori hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir jarayonida Urganch shahar markaziy dehqon bozori hududidagi savdo do‘konlarida tegishli ruxsatnomalarsiz foydalanib kelinayotgan jami 10 dona radioelektron vositalar aniqlandi.

Ushbu aniqlangan radioelektron vositalar yuzasidan Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan texnik ekspertiza xulosalari berilib, qonunchilikka muvofiq, o‘rnatilgan tartibda ma’muriy choralar ko‘rilishi uchun hujjatlar “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy sho‘basiga yuborildi.


Shuningdek, Urganch shahar markaziy dehqon bozori hududida ishlovchi tadbirkorlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli qarorining talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi
Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev