Joriy yilning 19-noyabr kuni “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy sho‘basi, Urganch tumani IIB va Xorazm viloyati EMMX xodimlari tomonidan “REV va YuChQlarni Xorazm viloyati hududida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2024-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Urganch tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir jarayonida Urganch tumani hududidagi “Santex park” qurilish mollari savdo markazida tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgan jami 18 dona radioelektron vositalar aniqlandi.
Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan Urganch tumani IIB xodimlari tomonidan REVlar vaqtincha olib qo‘yildi va qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun hujjatlar “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy sho‘basiga yuborildi.
Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev