"EMMM" DUK yangiliklari

Noqonuniy sotuvda bo‘lgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 8-may kuni Xorazm viloyati DXX, O‘zkomnazorat inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy sho‘basi, Yangiariq tumani IIB va Xorazm viloyati EMMX xodimlari tomonidan “REV va YuChQlarni Xorazm viloyati hududida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2024-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Yangiariq tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir jarayonida noqonuniy sotilayotgan jami 6 dona radioelektron vositalar aniqlandi va barchasiga bayonnoma rasmiylashtirilib, Yangiariq tumani IIB xodimi tomonidan olib qo‘yildi. Ushbu holat yuzasidan Yangiariq tumani IIB tomonidan MJTKning 152-moddasiga asosan ma’muriy ish yuritilishi belgilab olindi.