Endilikda Bolalar musiqa va san’at maktabi bitiruvchisi guvohnomasining dublikatini my.gov.uz orqali onlayn olishi mumkin.

Mazkur xizmat orqali fuqarolar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma dublikatini davlat idoralariga bormasdan, masofadan turib rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
- Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday to‘lov talab qilinmaydi.
- Natijani uydan chiqmasdan, 5 ish kunida olasiz.
- Guvohnoma elektron shaklda taqdim etiladi.
Xizmat havolasi: https://my.gov.uz/uz/service/1381
my.gov.uz — vaqtingizni tejang, imkoniyatdan foydalaning!