Soha yangiliklari

O‘zbekistonda barqarorlik va raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlovchi yangi tashabbuslar

Barqarorlik va raqamlashtirishning ahamiyati butun dunyo bo‘ylab tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Bunda iqtisodiyotlar, korxonalar va jamiyatlar global muammo va imkoniyatlarga moslashishga intilmoqda. O‘zbekiston ushbu sohalardagi taraqqiyotni faol rivojlantirmoqda va ularning uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlik va qamrovli o‘sishga erishishdagi muhim rolini tushunib yetmoqda.

download.png

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) huzuridagi Barqaror biznes va moliya sohasidagi Erasmus yetakchilik markazi (ECESBF) Yevropa Ittifogi tomonidan moliyalashtiriladigan Erasmus+ dasturi doirasidagi Jan Monne loyihasining bir qismi sifatida ochilgan.

ECESBF Yevropa Ittifogining barqarorlik va raqamli transformatsiya sohasidagi tajribasiga tayanib, ushbu sohalarda ta’lim va tadqiqot uchun innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqadi va targ‘ib qiladi.

Biz ECESBFning O‘zbekiston kontekstiga eng yaxshi Yevropa amaliyotlarini moslashtirish va bilimni keng jamoatchilikka tarqatish, shu bilan mamlakatning barqaror va raqamli kelajagiga hissa qo‘shish maqsadida mahal hissadorlari bilan muloqot olib borish missiyasini yuqori baholaymiz.

Xususan, biz “Raqamli Transformatsiya Ko‘rsatkichlari” va “Raqamli Hujjatlar Bazasi” dan ham tadqiqot, ham amaliy maqsadlarda keng foydalanamiz. Biz yaratilgan ma’lumotlar bazasi tegishli hujjatlarni qidirishni soddalashtirishini alohida ta’kidlaymiz. Ushbu onlayn ma’lumotlar bazasi biznes va moliyadagi raqamlashtirish va raqamli transformatsiya masalalari haqidagi Yevropa Ittifogi va mahalliy manbalar bo‘yicha qidiruv uchun yagona nuqtani taqdim etadi.

“Raqamli Transformatsiya Ko‘rsatkichlari” da qo‘llaniladigan metodologiya “Raqamli O‘zbekiston 2030” Strategiyasida belgilangan talab va standartlar asosida moslashtirilgan. Ushbu siyosat yangi texnologiyalarni ishlab chiqish hamda sanoatda mavjud texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishga bir xil darajada e’tibor qaratadi.

Shu munosabat bilan, biz siz “Raqamli Transformatsiya Ko‘rsatkichlari” va “Raqamlashtirish Hujjatlari Bazasi” ni topishingiz mumkin bo‘lgan ECESBF veb-saytidagi Raqamlashtirish to‘plamiga havolalarni e’lon qilamiz:

https://ecesbf.uz/digitalization-package

Faylni tanlang