Soha yangiliklari

IT-Parkning yangi hamkori – Sturgeon Capital LTD

IT-Park “Sturgeon Capital LTD” (Buyuk Britaniya) investitsiya fondi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.

Sturgeon Capital – Markaziy Osiyo va Kavkazdagi Yangi Ipak yoʻli mintaqasiga investitsiya kiritishda 10 yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan Britaniyaning investitsion kompaniyasidir.

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistondagi texnologik ekotizim, startap-segmentlar va venchur moliyalashtirishni rivojlantirish, xususan:

qoʻshma moliyalashtirish modelini va aniq startap loyihalariga investitsiya kiritish imkoniyatlarini aniqlash, baholash va kelishish jarayonini ishlab chiqish;

startap loyihalarni moliyalashtirish yoki hamkorlikda moliyalashtirish;

mintaqada xususiy investitsiyalar oʻsishini ragʻbatlantirish uchun xatarlarni kamaytirish boʻyicha moliyaviy vositalarni ishlab chiqish;

dasturlarda qatnashish va / yoki venchur moliyalashtirish boʻyicha eng yaxshi tashabbuslar va usullar bilan almashish;

Oʻzbekistonning startap ekotizimiga qiziqqan xorijiy venchur kapital fondlariga maslahat berish boʻyicha hamkorlik qilish va aloqalarni davom ettirish istagini bildirdilar.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang