Radiochastota spektri holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining aniqlash maqsadida 2024-yil 13-14 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX xodimlari tomonidan Nukus shahrida radiomonitoring ishlari olib borildi.
Olib borilgan radiomonitoring tadbirlari natijasida efirda noqonuniy radioelektron vositalarning mavjudligi aniqlandi va ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspeksiyasi xodimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV jamoat xavfsizlik xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari jalb etildi. Hamkorlikda olib borilgan ikkita holat natijasida 10 dona “Baofeng BF-888S” rusumli radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda ruxsatnomasiz foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-qarorining 3-ilovasiga asosan va qonunchilik doirasida chora koʻrish uchun ushbu radioelektron vositalar profilaktika inspektorlari tomonidan tegishli bayonnomalar tuzilib vaqtincha olib qo‘yildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX
1‑darajali radiooperatori Shimbergenov A.A.