O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 22.12.2020-yil tasdiqlangan 801-son qarori, 3-ilovasi “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizomninga muvofiq, hamda 2025-yil mobaynida hamkorlikda ishlar rejasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasining “NUKUS XALQARO AEROPORTI” chegara bojxona posti xodimlari shaxsiy tarkibiga “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish tartibi to‘g‘risida” mavzusida QR EMMX maʼsul xodimlari tomonidan o‘quv seminari tashkil qilindi.
O‘quv seminarda chegara bojxona posti xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun qanday hujjatlar talab qilinishi va nazorat qilish borasida hamkorlikdagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Undan tashqari bojxona posti xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi tomonidan sohaga doir qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX
1-toifali muhandisi M.Dlekeev