"EMMM" DUK yangiliklari

JIZZAXVILOYATEMMXISHFAOLIYATIHAQIDA

Jizzax viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati ish faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hamda «Elektromagnit moslashuv markazi» DUKning qarorlari, farmoyishlari va buyruqlari, shuningdek yillik va oylik ish rejalari asosida olib bormoqda.

Tasdiqlangan oylik rejalarga asosan Jizzax viloyatida ro'yxatga olingan barcha radioelektron vositalar, radiouzatkich va teleuzatkichlarning texnik ko'rsatkichlari radionazorat punktida va mobil stantsiyada doimiy nazorat qilib kelinmoqda. 2020 yilning yanvar oyi mobaynida radioxalaqit manbalarini aniqlash va bartaraf etish bo'yicha o'rganish ishlari olib borildi

Noqonuniy foydalanilayotgan radioelektron vositalarni aniqlash va ularga tegishli choralar ko'rish bo'yicha huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash yaxshi yo'lga qo'yilgan. Joriy yilning yanvar oyi davomida 8 ta tadbir o'tkazildi va o'tkazilgan tadbirlar davomida 16 ta noqonuniy faoliyat yuritayotgan radioelektron vositalar aniqlandi. Shundan 1ta REV foydalanish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirdi, 15ta REV foydalanish ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun EMMM DUKga tegishli hujjatlar to‘plamini taqdim etildi. Shunungdek, joriy yilning yanvar oyi davomida radiohalaqitlarni bartaraf etish bo‘yicha ikkita buyurtma kelib tushgan. Ikkala buyurtmalar o‘z vaqtida ko‘rib chiqildi va radiohalaqitlar manbai aniqlanib, bartaraf etildi. Aholi o'rtasida tushuntirish-profilaktika ishlari o'tkazish maqsadida radioelektron vositalarni olib kirish, tarqatish, ro'yxatga olish, foydalanish, teleko'rsatuvlarni va radioeshittirishlarni qabul qilishda hamda radioaloqaga sodir bo'layotgan radioxalaqitlarni bartaraf etish haqida mahalliy televideniyalar orqali e'lonlar berib kelinmoqda.

Жиззах вилояти ЭММХ бошлиғи                                                                     Д.Усманов

Faylni tanlang