"EMMM" DUK yangiliklari

FARG’ONA VILOYAT EMMX ISH FAOLIYATI HAQIDA

Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati ish faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hamda Elektromagnit moslashuv markazi DUKning qarorlari, farmoyishlari va buyruqlari, shuningdek yillik va oylik ish rejalari asosida olib bormoqda.

Farg‘ona viloyati elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarining texnik darajalarini va malakalarini takomillashtirish maqsadida tasdiqlangan rejaga asosan doimiy ravishda qonunchilik, me'yoriy hujjatlar va aloqa nazariyasi bo'yicha savollar bo'yicha texnik va amaliy mashg'ulotlar o'tkazilib kelinmoqda. Har oyda Farg‘ona va Marg‘ilon radionazorat punktlari, mobil stantsiya hamda tezkor qidiruv muhandisining oylik ish rejalari tuzilib, ushbu rejalar bo'yicha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Tasdiqlangan oylik rejalarga asosan Farg‘ona viloyati ro'yxatiga olingan barcha radioelektron vositalar, radiouzatkich va teleuzatkichlarning texnik ko'rsatkichlari doimiy radionazorat punktida va mobil stantsiyada nazorat qilib kelinmoqda. 2018 yilning 5 oyi mobaynida radioxalaqit manbalarini aniqlash va bartaraf etish bo'yicha o'rganish ishlari olib borildi

Noqonuniy foydalanilayotgan radioelektron vositalarni aniqlash va ularga tegishli choralar ko'rish bo'yicha huquqtartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash yaxshi yo'lga qo'yilgan. 2018 yil 5 oyi davomida 18 ta tadbir o'tkazildi va o'tkazilgan tadbirlar davomida 12 ta noqonuniy faoliyat yuritayotgan radioelektron vositalar aniqlandi. Shundan 2 tasi foydalanish uchun ruxsatnomalar oldi, 10 tasining foydalanishi taqiqlandi, 1 kishi ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Aholi o'rtasida tushuntirish-profilaktika ishlari o'tkazish maqsadida radioelektron vositalarni olib kirish, tarqatish, ro'yxatga olish, foydalanish, teleko'rsatuvlarni va radioeshittirishlarni qabul qilishda, hamda radioaloqaga sodir bo'layotgan radioxalaqitlarni bartaraf etish haqida mahalliy televideniyalar orqali e'lonlar berib kelinmoqda.

Tarmoq administratori D.Alimdjanov

Faylni tanlang