"EMMM" DUK yangiliklari

FARG’ONA VILOYATI EMMX ISH FAOLIYATIDAN

Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati o‘z ish faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hamda Elektromagnit moslashuv markazi DUKning qaror, farmoyish va buyruqlari, shuningdek yillik va oylik ish rejalari asosida olib bormoqda.

Tasdiqlangan oylik rejalarga asosan Farg‘ona viloyati ro'yxatiga olingan barcha radioelektron vositalar, radiouzatkich va teleuzatkichlarning hamda yuqori chastotali qurilmalarning texnik ko'rsatkichlari doimiy radionazorat punktida va mobil stansiyada nazorat qilib kelinmoqda. 2019 yilning 10 oyi mobaynida radioxalaqit manbalarini aniqlash va bartaraf etish bo'yicha o'rganish ishlari olib borildi.

Noqonuniy foydalanilayotgan radioelektron vositalarni aniqlash va ularga tegishli choralar ko'rish bo'yicha huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash yaxshi yo'lga qo'yilgan. 2019 yilning oktyabr oyi davomida 8 ta reyd o'tkazildi va o'tkazilgan reydlar davomida 18 ta noqonuniy faoliyat yuritayotgan radioelektron vositalar aniqlandi. Shundan 18 tasining foydalanilishi to‘xtatildi, 4 nafar jismoniy shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Aholi o'rtasida tushuntirish-profilaktika ishlari o'tkazish maqsadida radioelektron vositalarni olib kirish, tarqatish, ro'yxatga olish, foydalanish, teleko'rsatuvlarni va radioeshittirishlarni qabul qilishda, hamda radioaloqaga sodir bo'layotgan radioxalaqitlarni bartaraf etish haqida mahalliy televideniyalar orqali e'lonlar berib kelinmoqda.

Tizim muhandisi D.Alimdjanov

Faylni tanlang