"EMMM" DUK yangiliklari

Namangan viloyati EMMX ish faoliyati to‘g‘risida

Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining hamda «Elektromagnit moslashuv markazi» DUKning buyruqlari, farmoyishlari, shuningdek yillik va oylik ish rejalari asosida olib boradi.

Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarining texnik darajalarini va malakalarini takomillashtirish maqsadida tasdiqlangan rejaga asosan doimiy ravishda qonunchilik, me’yoriy hujjatlar va aloqa nazariyasi bo‘yicha texnik va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Har oyda Namangan radionazorat punkti va mobil radiomonitoring stansiyalari uchun oylik ish rejalari tuzilib, ushbu rejalar bo‘yicha ishlar tashkil etilmoqda.

Tasdiqlangan oylik rejalarga asosan, xizmatimizdan ro‘yxatdan o‘tgan barcha radioelektron vositalar, radioeshitirish va teleuzatkichlar texnik ko‘rsatkichlari radionazorat punktida va mobil radiomonitoring stansiya yordamida doimiy nazorat qilib kelinmoqda.

2022-yil mobaynida radioxalaqit manbalarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, xizmatimizga 4 ta talabnoma kelib tushdi, ularning barchasi o‘z muddatida ko‘rib chiqildi va o‘rnatilgan tartibda ijobiy hal etildi.

2022-yil davomida tashkil etilgan 54 ta radiomonitoring tadbirlari natijasida 36 ta noqonuniy ravishda ishlaytilayotgan radioelektron vositalar aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Radioelektron vositalarni olib kirish, sotish, ro‘yxatga olish, foydalanish va teleko‘rsatuvlarni va radioeshittirishlarni qabul qilishda, hamda radioaloqaga ta’sir etayotgan radioxalaqitlarni bartaraf etish to‘g‘risida aholi o‘rtasida tushuntirish-profilaktika ishlari o‘tkazilib kelinmoqda.

 

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX 1-toifali muhandisi X.T.Boltaboyev

Faylni tanlang