"EMMM" DUK yangiliklari

NAVOIY VILOYATI EMMX FAOLIYATIDAN

Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati ish faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hamda Elektromagnit moslashuv markazi DUKning qarorlari, farmoyishlari va buyruqlari, shuningdek yillik va oylik ish rejalari asosida olib bormoqda.

Navoiy viloyati elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarining texnik darajalarini va malakalarini takomillashtirish maqsadida tasdiqlangan rejaga asosan doimiy ravishda qonunchilik va me'yoriy hujjatlarga asoslanib texnik va amaliy mashg'ulotlar o'tkazilib kelinmoqda. Har oyda Navoiy va Zaravshon radionazorat punktlari, mobil stantsiya hamda tezkor qidiruv muhandisining oylik ish rejalari tuzilib, ushbu rejalar bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Tasdiqlangan oylik rejalarga asosan Navoiy viloyati ro'yxatiga olingan barcha radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalar, radio va teleuzatkichlarning texnik parametrlari doimiy radionazorat punkti, mobil stantsiya va portative o‘lchov qurilmalari orqali nazorat qilib kelinmoqda. 2018 yilning 6 oy davomida 4 dona radioxalaqit manbalarini aniqlangan va bartaraf etilgan.

Noqonuniy foydalanilayotgan radioelektron vositalarni aniqlash va ularga tegishli choralar ko'rish bo'yicha huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash yaxshi yo'lga qo'yilgan. 2018 yil 6-оy davomida 40 marotaba tadbir o'tkazildi va o'tkazilgan tadbirlar davomida 34 ta noqonuniy faoliyat yuritayotgan radioelektron vositalar aniqlandi. Shundan 29 tasi foydalanish uchun ruxsatnomalar oldi, 5 tasining foydalanishi to‘xtatildi.

Aholi o'rtasida tushuntirish-profilaktika ishlari o'tkazish maqsadida radioelektron vositalarni olib kirish, tarqatish, ro'yxatga olish, foydalanish, teleko'rsatuvlarni va radioeshittirishlarni qabul qilishda, hamda radioaloqaga sodir bo'layotgan radioxalaqitlarni bartaraf etish haqida mahalliy televideniya va ОАВlari orqali e'lonlar berib kelinmoqda.

2018 yilning 21-24 may kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” Davlat unitar korxonasining Sifatni boshqarish tizimida ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha «CERT International» sertifikatlash organi tomonidan ikkinchi kuzatuv auditidan Navoiy vilayti EMMX muvaffaqiyatli o‘tdi.

 

Navoiy viloyati EMMX

Tizim muhandisi

J.A Xo‘jayev

Faylni tanlang