"EMMM" DUK yangiliklari

Navoiy shahridagi huquq-tartibot organlarida o‘quv seminarlari hamda Navoiy shahri hududidagi savdo doʻkonlarida tushuntirish ishlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan 2022-yil iyun oyi davomida Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan Navoiy viloyati Navoiy shahar Davlat soliq boshqarmasida hamda Navoiy viloyati IIB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boʻlimi xodimlariga o‘quv seminari o‘tkazildi.


 

Seminar davomida ishtirokchilar “EMMM” DUK va uning viloyat xizmatlari faoliyati, ularning vazifalari, radiomonitoring olib borish tartiblari va tizimining umumiy texnik imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQlardan foydalanish tartibi bilan tanishdilar.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom batafsil o‘rganib chiqildi.

O‘quv seminari davomida seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblarni oldilar.

Shu bilan bir qatorda Navoiy shahridagi savdo do‘konlari va shahobchalarida O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga ruxsat etilmagan radioelektron vositalari va yuqori chastotali qurilmalarni qonunga zid ravishda sotilishi va foydalanilishining oldini olish maqsadida, radioaloqa qurilmalari bilan savdo qiluvchi tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borildi.

 


 

Tayyorlandi: Navoiy viloyati EMMX 2-toifali muhandisi M.Jumayev

Faylni tanlang