"EMMM" DUK yangiliklari

EMMM DUK da umumxalq xayriya hashari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi farmoyishiga binoan joriy yilning avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 17-18-avgust umumxalq xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilindi.

EMMM DUK tomonidan 17-18-avgust kunlari hashar o‘tkazildi. Unda korxona xodimlari faol ishtirok etdilar.

Hashar mobaynida manzarali daraxtlarni oqlash va butash ishlari olib borildi, ko‘chalar, yo‘laklar tartibga keltirilib, bino va uning atrofi obodonlashtirildi.

Texnik bo‘lim 1-toifali muhandisi - J.Tashpulatov


 

Faylni tanlang