"EMMM" DUK yangiliklari

JIZZAX VILOYATI EMMXDA BO‘LIB O‘TGAN UCHRASHUV

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sadikov Shuxrat Muxamadjanovich Jizzax viloyatiga tashrifi munosabati bilan Jizzax viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda EMMM DUK boshlig‘i R.P.Mansurov, viloyat aloqa tashkilotlari hodimlari ishtirok etishdi. EMMX boshlig‘i Dilshod Usmanov tomonidan korxonada amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Jumladan viloyatda raqamli televideniya va radio, mobil aloqa kompaniyalari signallarining qamrovlari holati bo‘yicha axborot berdi.

Vazir viloyat soxa korxonalarining viloyat xududida mobil aloqa qamrovi mavjud bo‘lmagan olis va tog‘li axoli maskanlarini imkon qadar aloqa bilan ta’minlash, qulayliklar yaratish hamda raqamli TV dasturlarini yetkazishda birgalikda tizimli ishlash jarayonlarini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


Jizzax viloyati EMMX tizim muhandisi- Israilov H.A

 

Faylni tanlang