"EMMM" DUK yangiliklari

7B ishchi guruhining 4-yig‘ilish yakunlari haqida.

       7 sentabrdan 14 sentabrgacha Jeneva shahrida 2012 yilning Butunjahon Radioaloqa Quriltoyiga tayyorgarlik bo‘yicha 7B Ishchi tekshiruv guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi Xalqaro Elektraloqa Qo‘mitasida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 20 mamlakatdan 62 delegat va Xalqaro tashkilotlardan 9 delegat ishtirok etdi.
     Ishchi guruh 2012 yilgi Butunjahon radiokonferensiya kun tartibiga qo‘yilgan 1.11, 1.12, 1.24, 1.25 masalalarni, shuningdek boshqa ishchi guruh takliflarini ko‘rib chiqdilar.
     BRK-12 kun tartibiga qo‘yilgan 1.11 bo‘limi, ya`ni 753 Rezolutsiyasiga muvofiq XEQ-R tekshiruvlarini natijalarini hisobga olgan holda 22,55-23,15 GGz polosalarida kosmik tekshiruv xizmati birlamchi asosida taqsimlash masalari muhokamasi katta qiziqish uyg‘otdi.
     Bir qancha mamlakatlar kosmik agentligi yaqin o‘n yillik davomida Oyda, hamda oy atrofidagi orbitalarda keng qamrovli tekshirish ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda. Bunday tekshiruvlar kosmos-Yer yo‘nalishi, shuningdek Yer-kosmos yo‘nalishida katta miqdordagi ma`lumotlar oqimini uzatishni talab etadi, ammo hozirgi kunda Yer-kosmos  yo‘nalishida polosa chastotalarini teng taqsimlash mavjud emas. Amalga oshirilgan baholashlar shuni ko‘rsatadiki, Yer-kosmos radioliniyasi uchun polosa chastotalariga bo‘lgan talab miqdori bir necha yuz MGzni tashkil etadi.
     22.55-23.55 GGz polosa chastotalari Radioaloqa reglamentiga ko‘ra tayanch, sputniklararo va ko‘chib yuruvchi butunjahon birlamchi asosiga ko‘ra taqsimlagan.
 

Faylni tanlang