"EMMM" DUK yangiliklari

“Obodonlashtirish oyligi” da faol ishtirok etaylik!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyulidagi 459-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 24-iyuldagi 53-F-son farmoyishi qabul qilingan.

Mazkur farmoyishga ko‘ra “obodonlashtirish oyligi” doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

Vazirlik tizimidagi korxona, muassasa va tashkilotlarga biriktirilgan mahallalarning hududlarida joylashgan ko‘p qavatli binolar va hovlilar atrofini tartibga keltirib, yo‘l bo‘ylarida gul ko‘chatlarini ekish, daraxtlarni parvarishlash, oqlash va ularga shakl berish;

ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, bino va inshootlarning tashqi qiyofasini yaxshilash, ularning hududi va tutash maydonlarini tartibga keltirish.

eeeeeeeeeeee11000x462.jpeg

 

eeeeeeeeee21000x462.jpg

 

eeeeeeeeeee31000x533.jpeg

 

Shu munosabat bilan, 2023-yil 14-avgust kuni Qashqadaryo viloyati EMMX hududiga tutash maydonlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu tadbirda ishchi xodimlar faol ishtirok etib hudud atrofi tartibga keltirildi, to‘plangan chiqindilar tozalandi, daraxtlar butalanib ular oqlandi.  

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bu xalqimizga mos azaliy qadriyatlardan biri sanaladi. Shuning uchun ham bu kabi ishlar o‘zgacha mehr bilan bajariladi. Siz ham ushbu  “Obodonlashtirish oyligi” da faol ishtirok eting va o‘z hududingiz ozodaligiga hissa qo‘shing!

 

Qashqadaryo viloyati EMMX tarmoq muhandisi A. Qudratov

Faylni tanlang