"EMMM" DUK yangiliklari

Ibratli aloqachi va qalbi ochiq fidoyi ustoz

Abdullaev Rajab Umarovich “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida uzoq yillar samarali mehnat qilgan tajribali xodimlardan biri hisoblanadi. Rajab Umarovich 1961 yil 26 dekabrda Qarshi tumanida tavallud topgan. 1984 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalashtirish injenerlar institutini injener-elektrik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Institutni tugatib 1984-1991 yillarda “Qarshi politexnika texnikumi” o‘qituvchisi sifatida ish faoliyatini boshlaydi. 1991-1992 yillarda “Qashqadaryo ishlab chiqarish telefon aloqa tarmog‘ida” mehnat muhofazasi va xavfsizligi muhandisi bo‘lib ishlagan.

R.U.Abdullaev “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatidagi faoliyatini 1992 yilda muhandis lavozimida boshlagan.

Abdullaev Rajab Umarovich Qashqadaryo viloyati EMMX da deyarli 30 yil faoliyat yuritdi. O‘zining ko‘p yillik mehnati, kasbiy va hayotiy boy tajribaga ega ekanligi bilan jamoa orasida katta hurmat-e’tibor qozondi. Mehnat faoliyati davomida Rajab Umarovich korxonamiz yosh ishchi xodimlariga o‘zining bilim va ko‘nikmalarini o‘rgatib, ustozlik qilib ko‘plab shogirdlar yetishtirib chiqardi. Hozirda bu shogirdlar haqiqiy mutaxassislarga aylanib korxonamizda va boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritmoqdalar.

Rajab Umarovich to‘rt nafar farzandning otasi, ikki nevaraning mehribon bobosi.

2021 yil dekabr oyida Abdullaev Rajab Umarovich 60 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan ustozimiz Rajab Umarovichni tantanali ravishda faxrli mehnat nafaqasiga kuzatish tadbiri o‘tkazildi.

Hurmatli Rajab Umarovich! Fursatdan foydalanib butun jamoamiz nomidan Sizga va oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga tinchlik va farovonlik qut-baraka tilaymiz. Oilaviy quvonch va totuvlik hech qachon Sizni tark etmasin. Hayotingiz baxtli lahzalarga va takrorlanmas ajoyib hayojonli daqiqalarga to‘la bo‘lsin.

 

Qashqadaryo viloyati EMMX boshlig‘i A.R. Nadjimov

Faylni tanlang