Soha yangiliklari

WEF vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vazirligida Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum — WEF)ning Yevropa va Yevroosiyo yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik rahbari Marwen Garbaa hamda Europe & Eurasia – Centre for Regions, Trade & Geopolitics vakili Dietrich John bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida WEFning ustuvor yo‘nalishlari va amaldagi ish yo‘nalishlari, shuningdek, O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi ustuvor vazifalari muhokama qilindi.
 

Ma’lumot uchun, Jahon iqtisodiy forumi — davlat, biznes, akademik doiralar va fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtiruvchi xalqaro platforma bo‘lib, global va mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalar bo‘yicha muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Forum 1971-yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Shveytsariyaning Kologni shahrida joylashgan.


Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va WEF o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini aniqlash hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar o‘zaro muloqotni davom ettirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini ilgari surish bo‘yicha fikr almashdilar.

Faylni tanlang