"EMMM" DUK yangiliklari

Xalqaro avtomobil yo‘llaridagi mobil internet qamrovi muhokama qilindi.

Joriy yilning 10-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy boshqarmasi boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ–357-son Qarorida ko‘rsatilgan topshiriq va vazifalarni ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda barcha mobil aloqa operatorlarining hududiy bo‘linma va filial rahbarlari hamda texnik muhandislari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi A-380 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘li bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovining bugungi kundagi holati va shu yo‘nalishdagi mobil aloqa operatorlarning istiqbolli rejalari muhokama etildi.

 

Shuningdek, respublikaning aloqa va mobil internet qamrovi yetarli bo‘lmagan hududlarni yuqori tezlikdagi mobil internet bilan qamrab olish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish so‘ngida hududiy boshqarma tomonidan mobil aloqa operatorlariga yuqoridagi Qaror talablarini o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar berildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandisi N.Narimov

 

Faylni tanlang