Soha yangiliklari

ZTE kompaniyasi rahbariyati bilan qator loyihalar muhokama qilindi

Bugun, 2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “ZTE Investment” MChJ rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida tomonlar ZTE kompaniyasi ishtirokida AKT sohasidagi amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan Oʻzbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish, mobil aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IP televideniyeni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni muhokama qildi. Uchrashuvda ta’kidlaganidek, bugungi kunda Respublikamizda AKT bozorining ishtirokchilari, jumladan telekommunikatsiya sohasida ham faoliyat olib borayotganlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘z navbatida, ZTE kompaniyasining vakillari kelgusida AKT sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan dolzarb va yirik loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi.  
Faylni tanlang