Soha yangiliklari

Microsoft bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yil 14-aprel kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari  O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish kerakligini ta’kidlagandi.   Shundan kelib chiqib bugun, 18-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Microsoft kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Yig‘ilishda  Microsoft kompaniyasi, Amerika-O'zbekiston Savdo Palatasi  va O‘zbekistonning AQSHdagi elchihonasi vakillari  ishtirok etdi. Uchrashuvda hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Bundan tashqari, IT-taʼlimni rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratish, ushbu jarayonlarga ko‘proq yoshlarni jalb etish, malakali kadrlar tayyorlash masalalari ko‘rildi. Shuningdek, AKT vazirligi tomonidan O‘zbekistonda kompaniyaning ofisini ochish taklifi berildi. Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Faylni tanlang