Soha yangiliklari

Digital Cityni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 28-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hududlarda AKT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, sohadagi mavjud yutuq va kamchiliklarni o‘rganish  maqsadida Andijon viloyatiga bordi. AKT Vaziri Andijan Digital City texnologik parkining ish faoliyati, Markazga tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlari bilan tanishdi. Hozirda Andijan Digital City hududidagi mavjud infratuzilmadan unumli foydalanish, qo‘shimcha binolarni ta’mirlash, zamonaviy oshxona va sport maydonchalar tashkil etish, kelgusida malakali mutaxassislarga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Shu bilan birga, IT sohasini rivojlantirish maqsadida Digital Cityni yanada kengaytirish, IT shaharchasi tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 
Faylni tanlang