Soha yangiliklari

Turkiy davlatlar tashkiloti bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 24-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar Kengashi raisi Binali Yildirim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik, shu jumladan, hamkor davlatlarda raqamlashtirish jarayonlarini jaddalashtirish dasturini ishlab chiqish va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning raqobatbardoshligini kuchaytirish boʻyicha masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Oqsoqollar Kengashi raisi Binali Yildirim O‘zbekiston bilan do‘stona siyosat olib borish, Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolari bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan turli sohalarda, jumladan, AKT sohasida ham, mustahkam va samarali aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar mahalliy IT kompaniyalarning Turkiy davlatlar tashkiloti hududida faoliyatini kengaytirish hamda Kengashga a’zo mamlakatlar bozorida mahalliy kompaniyalar bilan biznes hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.  
Faylni tanlang