Soha yangiliklari

Istiqbolli hamkorlik bo‘yicha masalalar muhokama qilindi

Joriy yil 19 noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “OMKONTROL” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.

Yig‘ilish chog‘ida axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalarni rivojlantirish hamda eng yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boyicha fikr almashildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun:

“OMKONTROL” — Rossiya bozoridagi yirik infratuzilma va ijtimoiy obyektlarni boshqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri. Kompaniya tomonidan qator xizmatlar ko‘rsatiladi, jumladan mahsus dasturiy mahsulotlarni joriy etish va texnik yordam taqdim etishdan boshlab obyektlarga muhandislik xizmat ko‘rsatish.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang