Soha yangiliklari

Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 18-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda “Dr. Sulaiman Al Habib Medical Services Group Co.” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda AKT sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi doirasidagi sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishga qaratilgan ustuvor loyihalarni moliyalashtirish kabi dolzarb va muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar keng va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etib, ularni yanada rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Faylni tanlang