Soha yangiliklari

O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish maqsadida AQShning yetakchi IT kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 18-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum bilan uchrashuv o‘tkazdi.  Joriy yilning 14-aprel kuni davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. Ushbu topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida xorijiy yetakchi mutaxassislar, IT kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.  Uchrashuvda  yoshlarni yetakchi xorijiy kompaniyalarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish kasbiga, ya’ni autsorsing (BPO va KPO) xizmatlarini ko‘rsatishga o‘rgatish, keyinchalik ularni ish bilan ta’minlash maqsadida respublikaning barcha hududlarida masofaviy xizmatlar ko‘rsatish autsorsing (BPO va KPO) markazlarini tashkil etilayotgani ta’kidlandi. BPO yo‘nalishi bo‘yicha AQShda mavjud dunyo miqyosidagi yetakchi kompaniyalar bilan muzokalar olib borish, ularni respublikamizga jalb qilish orqali har bir autsorsing markazda yiliga kamida 25 ta yangi ish o‘rinlari yaratish va hududdagi IT-xizmatlar eksportini oshirish imkonini beradi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish, AQShning yetakchi IT kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish, xalqaro tajriba va ilg‘or tendensiyalarni hisobga olgan holda “Elektron hukumat” va raqamli sanoatni yanada rivojlantirish bo‘yicha masalalar muhoka qilindi. Uchrushuv so‘ngida AKT vaziri Sh. Shermatov IT sohasida amerikalik hamkorlar bilan har tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Faylni tanlang