Soha yangiliklari

“Trend Micro” va “Integra” kompaniyalari rahbariyati bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Trend Micro va Integra kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, telekommunikatsiyalar, kiberxavfsizlik, qo‘shma tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, IT-xodimlarni tayyorlash kabi masalalar muhokama qilindi. Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar va IT-mutaxassislari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. IT Park rezidenti bo‘lgan xorijiy IT-kompaniyalarga infratuzilma va soliq imtiyozlari taqdim etiladi. Xorijiy IT-mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun vizalar olishning soddalashtirilgan “IT Visa” tizimi joriy etildi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini qayd etib, axborot texnologiyalari sohasida sheriklikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.  
Faylni tanlang