Soha yangiliklari

SpaceX kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

“Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi  doirasida bugun, 10-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov SpaceX kompaniyasi vakili Ben Mac Williams bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ta’kidlanganidek, SpaceX  bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya vakili O‘zbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Shu bilan birga, AKT vazirligi tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniya vakiliga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish bo‘yicha takliflar berildi. Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha fiklar almashildi.
Faylni tanlang