"EMMM" DUK yangiliklari

RAKURS DK amaliy ishlatish bo‘yicha o‘quv kurslarida ishtirok

2018yil 22-26 yanvar kunlari EMMM DUK xodimlari Moskva shaxri
RIIIF DUK (radio ilmiy izlanish instituti)da RAKURS (radiochastota spektorini boshqarish uchun hisoblash-tahliliy ko‘mpleksi) dasturiy ko‘mpleksini amaliy ishlatish bo‘yicha o‘quv kursida qatnashdilar.

Programma kompleksi O’YCHvaUYCH diapazonidagi ovozli radioeshittirish va analog, raqamli television stantsiyalar uchun radiochastota tanlash, ekspertiza, chastota biriktirishlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, tahlil qilish, muvofiqlashtirish masalalarini yechimi va radiochastota biriktirishlarini EXI (Elektraloqa xalqaro ittifoqi) da ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.

RAKUR SDKni ishlatishdan maqsad – teleradioeshittirish xizmati (analog, raqamli televidiniye va radioeshittirish) manfaatida radiochastota spektorini boshqarish va rejalashtirish. Chastota rejalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, elektromagnit sharoitni o‘rganish, teleradioeshittirish stantsiyalari uzatgan signallarni qabul qilish shariotlarini yaratish.

TKvaRE bo‘limida o‘rnatilgan dasturiy ko‘mpleks eskirganligi sababli (2013 yilgi versiya) RAKURS DKning yangilangan versiyasi o‘rnatildi.

RIII FDUK mutaxassislari o‘qishni olib borishdi:

  • Labaratoriya boshlig‘i – Lashkevich Andrey

  • Labaratoriya boshlig‘i o‘rinbosari – Borodulina Svetlana

  • Teleradioeshittirish tarmoqlari va mobil aloqa sistemalarini rejalashtirish boyicha mutaxassis – Mochenov Anton.

TKvaRE bo‘limi I toifali muhandisi - E.Mirzabekov

Faylni tanlang