"EMMM" DUK yangiliklari

Fuqaro muhofazasi mavzusidagi o‘quv mashg‘uloti

Joriy yilning 24 yanvar kuni Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati ob’yektlarida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Terrorchilik va qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish” mavzusida ichki o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari “Qutqaruv guruhi”, “Tibbiy sanitar guruhi”, “Aloqa va xabar berish guruhi” va “O‘t o‘chirish guruhi” kabi fuqaro muhofazasi tuzilmalariga shartli ravishda bo‘linganliklari tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, tadbir davomida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi podpolkovnigi I. Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 15-dekabrda imzolangan O‘RQ-737-sonli “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun mazmun-mohiyatini ishchilarga tushuntirib o‘tdi.

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX 1-toifali muhandisi Sh.A Matisakov

Faylni tanlang