Soha yangiliklari

Elektron hukumat va raqamlashtirishga oid eng yaxshi maqola tanlovi e’lon qilindi

Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan O‘zbekistondagi elektron hukumat va raqamlashtirishga oid eng yaxshi maqola tanlovi e’lon qilindi.

Mazkur tanlovda maqolalar joriy yilning 25-iyundan 25-sentyabrgacha qabul qilinadi.   Unda yosh mutaxassislar va olimlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov   g‘oliblariga  O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan maxsus diplom va esdalik sovgalari topshiriladi.  Shu bilan birga,  maqola Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatidan o‘rin olgan jurnallarda, shuningdek, mamlakatning eng yaxshi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida chop etilish uchun tavsiya etiladi.

Tanlov natijalari 2021-yil 1-oktyabrda “Elektron hukumat – 2021” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida e’lon qilinadi. Tanlov ishtirokchilarining eng yaxshi materiallari anjuman maqolalari to‘plamida nashr etiladi.

Maqolalarni quydagi elektron manzilga junatishingiz mumkin: e-govtanlov21@inha.uz

Batafsil ma’lumot uchun: https://inha.uz/content/news/1289

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang