Soha yangiliklari

Navbatdagi “GAP” ayollar IT-klubi uchrashuvi Chirchiq shahar BPO markazida bo‘lib o‘tdi

Bugun, 8-oktabr kuni Chirchiq shahridagi BPO markazida navbatdagi “GAP” ayollar IT-klubi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv frilanserlik faoliyati va uning imkoniyatlari mavzusiga qaratilgan bo‘lib, unda bir qancha malakali spikerlar: Xojarbu Xaitmetova, Makpal Nadirova, Fazliddin Tadjibayevlar ishtirok etdi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeiga alohida e’tibor qaratilmoqda.  Shuningdek, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarni o‘qitishga qaratilgan turli loyihalar tashkil etilib, treninglar va loyihalar o‘tkazilmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan IT Park bilan hamkorlikda tashkil etilgan “GAP” ayollar IT-klubi ana shunday loyihalardan biri hisoblanadi. Klubning vazifasi ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning IT-savodxonligini oshirish hamda IT sohasida malaka oshirish va ishga joylashish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Uzoq kutilgan uchinchi uchrashuv bugun 8-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi — bu safar loyiha hamkori O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi bo‘ldi.
Faylni tanlang