"EMMM" DUK yangiliklari

Farg‘ona viloyatida navbatdagi tibbiy ko‘rik

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2012-yil 7-iyuldagi 200-son “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan 2022-yil 7-iyul kuni Farg‘ona viloyati ko‘ptarmoqli poliklinikasida Farg‘ona viloyati EMMX xodimlari navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik xodimlar sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarni aniqlash va har qanday kasallikni oldini olish uchun juda muhim hisoblanadi. Navbatdagi o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati EMMX barcha xodimlari sog‘lom va o‘zlariga biriktirilgan ishlarni bemalol bajarishlari mumkin.

Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi Alimdjanov D.B.

Faylni tanlang