EMMM yangiliklari

Olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleradiouzatkichlarning ishlash samaradorligi o‘rganildi

Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va aholiga sifatli teleradioeshittirish xizmatlarini yetkazish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-apreldagi PQ-1741-sonli “O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishlarga texnik va texnologik jihatdan o‘tish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori hamda 2014-yil 3-apreldagi PQ-2157-sonli “O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli televideniyeni rivojlantirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklarining imtiyozli kreditini jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Respublika hududlarida raqamli teleeshittirish tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirildi. Ushbu dasturlar doirasida mamlakatning olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarini ham raqamli teledastur xizmatlari bilan qamrab olish vazifasi belgilangan.

photo2026-06-2414-37-23.jpg

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatining tog‘li va infratuzilmaviy jihatdan murakkab hududlarida jami 27 dona kam quvvatli raqamli teleeshittirish uzatkichlari o‘rnatilib, foydalanishga topshirilgan. Ushbu uzatkichlar viloyatning ilgari sifatli teledastur signalini qabul qilish imkoniyati cheklangan aholi punktlarini raqamli teleeshittirish bilan ta’minlashga xizmat qildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida Samarqand viloyatining barcha aholi punktlarida raqamli teleeshittirish signalini qabul qilish imkoniyati yaratildi. Endilikda viloyat aholisi avlat va nodavlat telekanallarning yuqori sifatli tasvir va ovozdagi ko‘rsatuvlarini uzluksiz tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Samarqand viloyati EMMX muhandislari tomonidan viloyat hududlarida o‘rnatilgan kam quvvatli raqamli teleeshittirish uzatkichlarida muntazam ravishda joyiga chiqqan holda radiomonitoring ishlari amalga oshirilmoqda. O‘tkazilgan o‘lchovlar natijalari asosida mazkur uzatkichlarning texnik parametrlari tahlil qilinib, ularning belgilangan me’yoriy talablarga muvofiqligi baholanmoqda.

photo2026-06-2414-37-46.jpg

Bugungi kunda Samarqand viloyati hududida raqamli televideniya tarmog‘i barqaror faoliyat yuritib, aholining axborot olish imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Bu esa fuqarolarning mamlakatimizda va dunyoda ro‘y berayotgan voqealardan tezkor xabardor bo‘lishi, manaviy-ma’rifiy, madaniy hamda ta’limiy dasturlardan samarali foydalanishiga xizmat qilmoqda. Raqamli teleeshittirish tarmog‘ining kengaytirilishi va olis hududlarning ham to‘liq qamrab olinishi mamlakatimizda zamonaviy axborot infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim natijalardan biri bo‘lib, Samarqand viloyatining barcha aholi punktlari raqamli televideniya bilan to‘liq qamrab olinganligini tasdiqlaydi.

photo2026-06-2414-37-51.jpg

Faylni tanlang