EMMM yangiliklari

Ona tiliga hurmat — yuksak qadriyat

Joriy yilning 6-aprel kuni Jizzax viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida 10-aprel — “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan sana munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

photo2026-04-0717-21-31.jpg

Tadbirda Jizzax davlat pedagogika universiteti O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.A. Xoldorova ishtirok etdi. U o‘z nutqida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va bugungi kunda tilga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

photo2026-04-0717-21-38.jpg

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga davlat tili to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati, uning qabul qilinishi tarixi va ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shu bilan birga, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, uning sofligi va boyligini saqlash har birimizning burchimiz ekani ta’kidlandi.

photo2026-04-0717-21-45.jpg

Tadbir interaktiv ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, mavzu yuzasidan savollar berib, mutaxassisdan batafsil javoblar olishdi. Bu esa davra suhbatining yanada mazmunli va samarali o‘tishiga xizmat qildi.

 

Jizzax viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi     X.A.Israilov

Faylni tanlang