Soha yangiliklari

Sud boshqaruvchilari uchun onlayn xizmat!

 

Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish va malaka attestatini berish my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.

Bilamizki, Sud tomonidan bankrot deb topish va korxonalarni tugatish bo'yicha tegishli ishlarni amalga oshirishda aynan Sud boshqaruvchilari ishtirok etadi. 

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 330 000 so'm (BHMning bir baravari) 

– my.gov.uz orqali topshirilganda esa – 297 000 so‘m (0,9 BHM) 

– Murojaat 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.  

– Barcha toifadagi attestatlarning amal qilish muddati – 5 yil 

▪️Mazkur xizmat to'liq BPR qilingan bo'lib, xorijiy ta’lim muassasasidan olingan diplom nostrifikatsiya qilinganligi bo'yicha guvohnoma;

▪️ sud boshqaruvchisini tayyorlash o‘quv kursini o‘taganligi to‘g‘risida guvohnoma;

▪️ fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish bo‘yicha advokat litsenziyasi foydalanuvchidan emas, balki “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda davlat tashkilotlaridan so‘rab olinadi.

Faylni tanlang