Soha yangiliklari

“Ookla” kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi rahbari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Ookla” kompaniyasi (Speedtest)ning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi rahbari Tom Opazchik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

sliderUchrashuvda O‘zbekistonni xalqaro maydonlarda reytinglarini Telekommunikatsiya sohasi yo‘nalishida yanada yuqori pog‘onalarga ko‘tarish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, “Ookla” kompaniyasi xalqaro reytinglarni yuritib boruvchi eng yaxshi kompaniyalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Raqamli texnologiyalar vaziri “Raqamli O‘zbekiston 2030” dasturi doirasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgani, unga muvofiq, katta hajmdagi ishlar olib borililayotgani, shuningdek, mobil operatorlar tomonidan 4G texnologiyasi qamrovi kengaytirilib, bosqichma-bosqich 5G texnologiyasi o‘rnatilayotganini alohida qayd etdi. 

O‘z navbatida, qishloq joylargacha optik tolali kabellar orqali yuqori tezlikdagi internet yetkazib borilayotgani, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun juda katta hajmdagi investitsiyalar kiritilayotgani aytib o‘tildi.

Shuningdek, kompaniya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish har tomonlama manfaatli bo‘lishi va bu xalqaro reytinglarda O‘zbekiston ko‘rsatkichlarining sezilarli ko‘tarilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.

Faylni tanlang