Soha yangiliklari

Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish tartibi belgilandi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 21-dekabrdagi 767-son qaroriga muvofiq “Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.  Nizomga ko‘ra, xalqaro pochta jo‘natmalariga ishlov berish, ularni bojxona organlari tomonidan nazorat qilish xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi. Xalqaro kuryerlik jo‘natmalariga ishlov berish, ularni bojxona organlari tomonidan nazorat qilish temir yo‘l va avtomobil transporti orqali yetkazishda – maxsus belgilangan bojxona postlarida, havo transporti orqali yetkazishda – xalqaro aeroportlar yoki ularga yaqin hududlarda joylashgan bojxona postlarida amalga oshiriladi. Shuningdek, pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlari tomonidan transport tashkilotlari vakillariga jo‘natmalar topshirilishi bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.  Keltirilgan jo‘natmalar pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida ochiladi va jo‘natmalar orqali yuborilgan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari vakolatli shaxs tomonidan to‘lanadi.
Faylni tanlang