Soha yangiliklari

“Vazir granti” uchun hikoyalar tanlovining g‘oliblari aniqlandi

2021-yilning 20-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Yoshlar forumi-2021”da ishtirok etib, hikoyalar tanlovini eʼlon qilgan edi. Tanlov doirasida 10 nafar eng yaxshi hikoya muallifi IT-markazlarida o‘qish uchun grant yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi ma’lum qilingan edi. Tanlov ishtirokchilari o‘z hayotlari haqida hikoya yozib, aynan nima uchun IT-mutaxassis bo‘lishni xohlashlari va bu ularning hayotlarini qanday yaxshilashini aytib berishlari kerak edi. Tanlov natijalari bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi. Ularga mamlakatimizdagi istalgan IT-markazda IT-mutaxassisliklari bo‘yicha bepul o‘qish uchun sertifikatlar topshirildi. Endilikda kursni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilar noutbuk yutib olishlari va IT-kompaniyalarga ishga joylashishlari mumkin bo‘ladi.
Faylni tanlang