Soha yangiliklari

“O‘zbektelekom” AK faoliyatida boshqaruv axborot tizimlarini kengroq joriy etish orqali ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo'yicha vazifalar belgilab berildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbektelekom” AK “UzMobile” filiali faoliyati bilan tanishganidan so‘ng “O‘zbektelekom” AK mutasaddilari bilan birga kompaniyaning Bosh kommutatsiya markazida olib borilayotgan ishlar va xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.  Bu kabi tashriflar kelajakda kompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni yanada takomillashtirish, faoliyatdagi kamchilik va yutuqlarni to‘g‘ri tahlil qilish hamda ularga har tomonlama chuqurroq yondashishga yordam beradi.  Shuningdek, tashrif davomida kompaniya tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yaqin kelajakdagi rejalar hamda telekommunikatsiya xizmatlarini sifatli taqdim etish, sotuvlar tizimini takomillashtirish, abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yanada yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish maqsadida yangi taklif etilayotgan tariflarning afzalliklari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. Xizmatlar хilmaхilligini orttirish orqali kompaniya daromadlarini oshirish, xizmat ko‘rsatishni osonlashtirish maqsadida joriy etilgan va joriy etilishi rejalashtirilgan dasturiy ta’minotlar hamda kompaniya istiqbolli rivojlantirish ko‘rsatkichlari va rejalari haqida ma’lumot berildi.
Faylni tanlang