Joriy yilning 13-mart kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

O‘quv soatida, Axborot xavfsizligi va dasturiy mahsulotlarni ta’minlash bo‘limi yetakchi muhandisi- A.Kodirov so‘zga chiqib, Internet trafikni boshqarish va xavfsizlikni yaxshilash uchun proksi serverlarni sozlash va ularda foydalanish tartibini tushuntirib o‘tdi.
• Proksi serverlar internet trafikni filtrlash, nazorat qilish va himoya qilish uchun ishlatiladi.
• Kerio Control - tarmoqdan foydalanishni boshqarish va monitoring qilish uchun kuchli yechim.
• Xavfsizlikni ta’minlash uchun to‘g‘ri sozlashning ahamiyati.
• Foydalanuvchi va internet o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in.
• Kontentni filtrlash, kirishni cheklash va aloqani anonimlashtirish imkonini beradi.
• Haqiqiy IP manzilni berkitish orqali xavfsizlikni yaxshilaydi.
• Proksi asosiy funksiyalari
• Yuklab olishni tezlashtirish uchun veb-kontentni keshlash
• Internet resurslarini toifalar bo‘yicha filtrlash.
• Trafikni anonimlashtirish va ma’lumotlarni himoyalash.
• Foydalanuvchilar faoliyatini nazorat va monitoring qilish.
• Kerio Control - bu internet-trafikni boshqarish, tarmoq xavfsizligi va kontentni filtrlash uchun keng qamrovli dasturiy yechimdir. U o‘zida tarmoqlararo ekran (Firewall), proksi-server, VPN tizimi va buzg‘unchilikning oldini olish tizimi (IPS/IDS) funksiyalarini birlashtiradi.
• Kerio Control kompaniyada xodimlarning internetga kirishini nazorat qilish, tarmoqni kibertahdidlardan himoya qilish va internetni optimallashtirish uchun keng qo‘llanilishi to‘g‘risida aytib o‘tdi.
Ma’ruzachi o‘quv-soati ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Shuningdek, Maxsus ishlar bo‘yicha yetakchi muhandisi - O.Raximbaev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori ijrosini ta’minlash haqidagi 2022-yil
14-noyabrdagi 281-son buyrug‘i to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga tushuntirib o‘tdi.

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi xodimlari odob-axloqining qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Odob-axloq qoidalari) 1-ilovaga muvofiq;
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Odob-axloq, mehnat nizosi va korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Odob-axloq, mehnat nizosi va korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligini aytib o‘tdi.
Jumladan:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 19-oktabrdagi 503-sonli buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda – “Korxona) xodimlarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilanganligi.
Korxona xodimlari odob-axloqining qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Odob-axloq qoidalari) Korxonada yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida Korxonaga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish, hamda Korxona xodimlarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilganligi.
Korxona xodimlari mazkur Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishlari shart. Mazkur Odob-axloq qoidalarini bilish va ularga rioya qilish majburiyati egallab turgan lavozimi va bajaradigan ishining hususiyatidan qat’i nazar Korxonaning barcha xodimlariga tatbiq etililishi.
Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Korxona tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizomda belgilanganligi.
Korxona xodimlari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi shart ekanligi:
• qonuniylik;
• Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish;
• fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
• davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
• adolatlilik, halollik va xolislik;
• korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish;
• xizmat sirini qat’iy saqlash;
• mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik;
• manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida aytib o‘tildi.
