Joriy yilning 16-aprel kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun navbatdagi huquqiy o‘quv soati tashkil etildi.


O‘quv soatida:
Maxsus ishlar boyicha yetakchi muhandisi O.Raximbayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarorini tushuntirib o‘tdi.


O‘quv soatining 2 - masalasi yuzasidan Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati muhandisi A. Axmadjonov tomonidan korxonada metrologik ta’minotni tashkil etish masalalari bo‘yicha atroflicha yoritildi. Jumladan, o‘lchov vositalarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlash ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligi hamda sifat ko‘rsatkichlarini yuqori darajada ushlab turishda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, mavjud o‘lchov asbob-uskunalarini belgilangan muddatlarda tekshiruvdan o‘tkazish, ularni kalibrlash va zarur hollarda yangilash zarurligi tushuntirib o‘tildi.