Joriy yilning 12-mart kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun navbatdagi huquqiy o‘quv soati tashkil etildi.

O‘quv soatining birinchi mavzusi bo‘yicha:
Monopoliyaga qarshi komplayens bo‘yicha yetakchi mutaxassisi - V. Guseynov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining raqobat va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik mavzusi yuzasidan tushuntirib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi 2023-yil 3-iyuldagi O‘RQ-850-sonli Qonunga muvofiq, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raqobatni rivojlantirish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi.
Vakolatli davlat organi boshqa vazifalar bilan bir qatorda normativ-huquqiy hujjatlarning va ularning loyihalarining raqobatga ta’sirini baholaydi, shuningdek, tovar yoki moliya bozorida raqobatni bevosita yoxud bilvosita cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi.
Raqobatga ta’sirini baholash uchun vakolatli davlat organiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari kiritiladi: xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun yangi cheklovlarni, litsenziyalar va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini joriy etish yoki amaldagi cheklovlarni, ruxsat berish tartib-taomillarini, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini bozor ishtirokchilarining yanada kengroq doirasiga tatbiq etadi.

Raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligini hisobga olgan holda raqobatni himoya qilish, raqobatga qarshi harakatlarning oldini olish va ularga chek qo‘yish; jamiyatda raqobatga zid bo‘lgan har qanday xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish; raqobat muhitini rivojlantirish va shakllantirish; tovar hamda moliya bozorlari ishtirokchilarining iqtisodiy faoliyati erkinligini va tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash; bozor ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni belgilash va iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish; raqobat muhitini yaxshilash hamda rivojlantirish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’uliyatini oshiradi.
Raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, tovar yoki moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga, shuningdek raqobat yoxud tabiiy monopoliya sharoitida iste’molchilarning huquqlari poymol etilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar ustidan nazorat o‘rnatish va ularga barham berish O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ-850-sonli Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish 1996-yil 26-apreldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221-I-sonli Qonun bilan tartibga solinadi.
Iste’molchilarning asosiy huquqlari:
• tovar (ish, xizmat), shuningdek ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) to‘g‘risida ishonchli va to‘liq ma’lumot olish;
• tovarni (ishni, xizmatni) erkin tanlash va uning tegishli sifatda bo‘lishini talab qilish;
• tovar (ish, xizmat) xavfsizligini talab qilish;
• hayot, sog‘liq va mol-mulk uchun xavfli bo‘lgan nuqsonli tovar (ish, xizmat), shuningdek ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy zararlar va ma’naviy ziyonning to‘liq qoplanishini talab qilish;
• buzilgan huquqlarini yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat qilish.
“Raqobat to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq, raqobat ustidan samarali nazoratni ta’minlash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktyabrdagi 225-sonli qarori bilan Raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish holatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atish hamda ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanganligi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalari vakolatli davlat organi sifatida o‘z vakolatlari doirasida, quyidagi holatlar bundan mustasno, faoliyatning ayrim turlariga litsenziyalar va ruxsatnomalar berish, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qilish, ro‘yxatdan yoki akkreditatsiyadan o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan davlat unitar korxonalari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar birlashmalariga nisbatan qonunchilikni buzish holatlari bo‘yicha ishlarni qo‘zg‘atishi va ko‘rib chiqilishi.

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi masalalari vakolatli davlat organi tomonidan ish qo‘zg‘atmasdan, quyidagi hollarda ko‘rsatma chiqarish orqali ko‘rib chiqilishi:
• tovarlar (ishlar, xizmatlar) akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida nazorat xaridi, ekspertiza yoki testdan o‘tkazilishi natijalariga ko‘ra texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
• tovarlar (ishlar, xizmatlar) saqlash qoidalari buzilgan holda realizatsiya qilinishi oqibatida ularning sifati o‘zgarganligi tasdiqlanganda;
• tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) foydalanish natijasida iste’molchilarning sog‘lig‘iga yoxud mol-mulkiga zarar yetkazilganligi yoki shunday zarar yetkazilishi xavfi mavjudligi aniqlanganda;
• iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish organlariga axborot taqdim etilmaganda, o‘z vaqtida taqdim etilmaganda yoki bila turib yolg‘on axborot berilganda;
• yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlar, shuningdek qonunchilikda ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddatini ko‘rsatish majburiy etib belgilangan tovarlar bunday ma’lumotlarsiz realizatsiya qilinganda yoki sotishga qabul qilinganda;
• qonunchilik buzilganligi fakti tasdiqlansa va chora ko‘rish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa;
• xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki jismoniy shaxs huquqbuzarlik faktini tan olsa va (yoki) uni ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa;
• ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari, shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risida axborot taqdim etilmaganida;
• “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining boshqa talablari buzilganida, ushbu Qonunning 19 va 21-moddalarida nazarda tutilgan talablar bundan mustasno;
• reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishi holatlari yuzasidan huquqbuzar tomonidan e’tirozlar mavjud bo‘lmaganida;
• sotuvga qo‘yilgan tovarlarda narxnomalar bo‘lmaganida yoxud tovar narxi kassa chekida ko‘rsatilgan narxga mos kelmaganida.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalarining mansabdor shaxslari, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikni buzish holatlari bo‘yicha sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq tegishli sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi.
Qonunchilikni buzish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organida ushbu organning mas’ul xodimlaridan iborat maxsus Komissiyalar (bundan buyon matnda - Komissiya) tuziladi. Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida uning tarkibiga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash sohasida faoliyat yurituvchi boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritilishi mumkinligi.
Komissiya raisi va uning tarkibi Vakolatli davlat organining (Raqobat qo‘mitasi) rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlanishi.
O‘zbekistondagi barcha mobil aloqa operatorlari xizmatlari narxlarining tez-tez oshib borayotgani, shuningdek, abonentlardan ko‘plab shikoyatlar kelib tushayotgani munosabati bilan 2025-yil noyabr oyida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mobil aloqa operatorlari xarajatlarining xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va qamrov hududini kengaytirishga ta’sirini narx-tarif siyosatiga nisbatan o‘rganish ishlari boshlandi. Shu maqsadda uyali aloqa operatorlariga va Raqamli texnologiyalar vazirligiga tegishli so‘rovlar yuborildi. Olingan ma’lumotlar asosida hozirgi vaqtda ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxining oshirilishi qay darajada asosli ekani o‘rganilayotganligi.
Agar o‘rganish natijalariga ko‘ra operatorlarning raqobatga qarshi harakatlari, ya’ni kelishilgan harakatlar alomatlari aniqlansa, belgilangan tartibda ish ochiladi. Mazkur holatlar o‘z tasdig‘ini topsa, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq qat’iy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida aytib o‘tdi.
Ma’ruzachi yig‘ilish qatnashchilarining savollariga javoblar berib o‘tdi.

O‘quv soatining ikkinchi qismida, Maxsus ishlar bo’yicha yetakchi muhandisi O. Raximbayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarorini tushuntirib o‘tdi.
Ushbu qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 19-oktabrdagi 503-son buyrug‘i qabul qilinganligi.
Xususan, “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK tomonidan 2022-yil
14-noyabrda 281-son buyruq qabul qilindi va ushbu buyruq bilan:
• 1-ilova ““Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi xodimlari odob-axloqining qoidalari”;
- 2-ilova ““Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Odob-axloq, mehnat nizosi va korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi tarkibi”;
- 3-ilova ““Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Odob-axloq, mehnat nizosi va korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi tog‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi xodimlari odob-axloqining qoidalari:

Korxona xodimlari odob-axloqining qoidalari – korxoda yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida korxonaga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda korxona xodimlarining axloq oqidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilganligi.
Korxona xodimlari xizmat faoliyati davomida quyidagilarga majbur:
• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etishi;
• chet el fuqarolari bilan alohida belgilangan tartibga zid ravishda bevosita yoki boshqa shaxslar orqali muloqotga kirishmaslik;
• davlat siri, qonun bilan qo‘riqlanadigan va xizmatga oid boshqa ma’lumotlarning oshkor etilmasligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rish, ulardan qonunga zid ravishda foydalanmaslik;
• axborotni tarqatish qoidalariga rioya qilish, internet jahon axborot tarmog‘i va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlashning belgilangan tartibiga amal qilish;
• ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmaslik;
• jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan tartibda hamda muddatlarda qonuniy, asosli va adolatli hal qilish;
Ish vaqtidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalari:
Korxona xodimlarining ish vaqtidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning Korxona faoliyatiga hurmatini, shu jumladan Korxonaning nufuzini oshirishga xizmat qilishi, rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozimligi.
Korxona xodimlariga diqqatni tortadigan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, shuningdek, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansubligini aks ettiruvchi kiyimlarda, sport kiyimlarida, metall zanjirlar, tanaga turli munchoqlar qadagan, pirsing, tatuirovka, g‘ayrioddiy soch turmaklari, haddan ortiqcha bo‘yangan, soqol o‘sib tartibsiz holatda bo‘lgan, shuningdek, gigiyenik talablarga rioya qilmagan hamda parfyumeriya vositalaridan ortiqcha foydalangan holda ishga kelishi ta’qiqlanishini yig‘ilish qatnashchilariga aytib o‘tdi.
Yig‘ilish so‘ngida qatnashchilarining savollariga javoblar berib o‘tildi.
