Joriy yilning 9-aprel kuni Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi huquqiy o‘quv soati tashkil etildi.
Unda markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari faol ishtirok etdilar.


O‘quv soatida:
Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish va hisobga olish xizmatining 1-toifali muhandislari R. Tadjimatov va Sh. Turgunovlar 2026-yil 23–27-mart kunlari Qozog‘iston Respublikasining Shimkent shahrida Radiochastota spektri va yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik Komissiyasining 29-yig‘ilishi, shuningdek, uning Butunjahon radioaloqa konferensiyasi va Radioaloqa assambleyasi 2027-yilga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishchi guruhlari, Radiochastota spektrini boshqarish bo‘yicha ishchi guruhi, Radioeshittirish bo‘yicha ishchi guruhlarining yig‘ilishlarida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ma'lumot berishdi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati 2-toifali muhandisi T. Asamatdinov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-avgustdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5234-son Qarori batafsil tushuntirildi.
